Sherni yaradori ham baribir sher!
Madridda o‘tgan Yevropa Klassikosi 1-2 hisobida Gvardiola shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. Bu o‘yinda mag‘lubiyat Xabi Alonso uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi kutilgan edi. Lekin rahbariyat Alonsoga yana bir imkon beryapti. Bugun Alavesga qarshi baxs omadsiz kechsa, Perez bobo Xabiga bugunoq chiqish eshiklarini ko‘rsatishi mumkin. Xo‘p bu keyingi masala. Hozir esa Siti bilan o‘yinda nima yetishmadi? Shuni ko‘rib chiqamiz.

Xabi Alonso o‘yinga 4-4-2 taktikasida jamoani olib chiqdi. Odatda bu uslubda Karlo Anchelotti Sitiga qarshi chiqardi. Alonso ham “ishlayaptimi, tegma” shiori ostida shu taktikani afzal ko‘rdi. Amalda o‘yin boshida Realga bu ish bergandek edi. Tezkor hujumlar va o‘yin boshidagi Rodrigoning goli. Ha, yana Rodrigo!!!
Uyg’on o’g’lim!

32-o‘yinda bironta gol urmasada, Siti oldidan chiqsa ayamaydigan Rodrigo hisobni ochdi. Ofsaydga tushib qolmaslik uchun tezligini pasaytirib, to‘pni qabul qilgach, yana katta tezlikda yorib kirib, xotirjam gol urishi bu – Men ham aqlliman, ham chiroyliman – degandek bo‘ldi. Shu Rodrigoni Siti sotib olsa, Real bilan osonroq o‘ynarmidi. Hammasi yaxshi ketayotgandi. Omadsiz o‘yinlardan so‘ng Real sinib qolmaganini hali ham kuchli ekanini birinchi bo‘lim boshida ko‘rayotgan edik. Lekin…
Ustozdan masterklass
10 daqiqa ichida Siti hammasini joyiga qo‘yib qo‘ydi. Burchak to‘pida Gvardiolni bosh bilan bergan zarbasini Kurtua qaytardi. Lekin ushlab qola olmadi. Qaytgan to‘pni O‘rayli darvozaga kiritdi. Kurtuaning bu yerda aybi bor bo‘lsada, 3-4 ta yaqqol gollardan Realni qutqarib aybini ortig‘i bilan yuvdi. Keyin Rudiger Holandga nisbatan qo‘pollik ishlatib, penalti bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Penaltini Erlingni o‘zi xotirjam golga aylantirdi. Real va Sitini farqi shunda bo‘ldiki, O‘yin oxirigacha Realda ko‘proq imkoniyatlar bor edi. Lekin hujumni yakunlash ularda o‘xshamadi. Siti esa minimum hujumlardan kerakli natija chiqara oldi.
Aslida muammo bormi?
Real hisobda yutqazdi. Lekin o‘yinda Sitidan kam joyi bo‘lmadi. Oxirgacha shturm Donnarumma darvozasiga uyushtirdi. Shu tepada aytilganidek, ulardan foyda chiqara olmadi. Vini yaqqol vaziyatlardan foydalana olmadi.

Belingemda ham yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. Hatto zaxiradan maydonga tushgan Endrik polvon ham gol urib, xaloskorga aylanishi mumkin edi.
Xabi Alonsoni hozir bo‘shatish to‘g‘ri bo‘lmasligini hamma aytyapti. Adam, oyim, magazinchi G‘aybullaning ham fikri shunday. Yarim tarkibsiz bo‘la turib, optimal formaga chiqib borayotgan Siti bilan tengma-teng o‘ynashi buni ko‘rsatib turibdi. Misol uchun o‘z vaqtida Gvardiolada Rodri yo‘q bo‘lganda, Realga 3-0 ga ham yutqazgan edi.
Shuning uchun:
– Perez bobo shoshilmang! Hali hammasi oldinda. Hop Xabini bo‘shatingiz ham deylik, kimni olib kelasiz? Zidanimi? Zidan Fransiya termasi murabbiyi bo‘lmoqchi faqat. Kloppnimi? U hali futbolga qaytmoqchi emas. Yana Anchelottinimi? Papa Karlo Brazilya bilan 2030 yilgacha shartnomani uzaytirmoqchi bo‘lib turibti. Shuni unutmangki, arralab tashlamoqchi bo‘lgan shoxingizda o‘zingiz ham o‘tiribsiz!