2025 yilda kimni libosi eng ko’p sotilgan deb o’ylaysiz?

Ogohlantiraman bu Antoni emas.

Score 90 xabariga ko‘ra eng ko‘p sotuv Lamin Yamalda ekan. «Barselona» vingeri bu borada kataloniyaliklarning sobiq hujumchisi Lionel Messini ham ortda qoldirdi.

E’tiborlisi, 4 futbolchining liboslari 1 milliondan ko‘proq sotilgan.

Top 10

  1. Lamin Yamal («Barselona») – 1,32 mln;
  2. Lionel Messi («Inter Mayami») – 1,28 mln;
  3. Robert Levandovski («Barselona») – 1.11 mln;
  4. Kilian Mbappe («Real Madrid») – 1,02 mln;
  5. Vinisius («Real Madrid») – 0,992 mln;
  6. Jorjian de Arraskaeta («Flamengo») – 0,975 mln;
  7. Krishtianu Ronaldu («An Nasr») – 0,925 mln;
  8. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») – 0,878 mln;
  9. Harri Keyn («Bavariya») – 0,867 mln;
  10. Rodrigo («Real Madrid») – 0,798 mln;

Pedri, Belingem, Holand va yana bir qator futbolchilarning top 10 ga kirolmagani kutilmagan natija bo‘ldi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra Lamin Yamal nafaqat libos sotuvida, eng ko‘p xeyt olishda ham Vinisusni ortda qoldirdi. Albatta ishtonini ko‘tarib, tilini tiyishni boshlasa bu xeytlar unitiladi. Bola hali yosh va bebosh.